Banklar “eski” 100 dollarlik kupyuralarni muammosiz ayirboshlamoqda — MB
Markaziy bank banklar eski namunadagi 100 dollarlik banknotlar bilan operatsiyalarni to‘xtatgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni rad etdi. Regulyator bunday kupyuralarni ayirboshlashda qiyinchiliklarga duch kelinsa, ishonch telefoniga murojaat qilishga chaqirdi.