O‘zbekistonda ehtiyojmand aholini bitta ijtimoiy uy-joyga joylashtirishdan voz kechiladi
Prezident ehtiyojmand aholini bitta ijtimoiy uy-joyga joylashtirishdan voz kechilishini ma’lum qildi. Shavkat Mirziyoyev hozirda 400 ta ko‘p qavatli ijtimoiy uyda 25 ming aholi yashayotgani, lekin ular yaqin qarindoshlari va odatiy yashash sharoitidan ancha uzoqlashib qolayotganini ta’kidladi.