Qurilish vaziri — uy-joy qurilishida eskrou hisobi qanday ishlashi haqida
O‘zbekiston uy-joy qurilishida eskrou hisobi tizimini joriy etishda Rossiya tajribasini o‘rgandi, dedi qurilish vaziri Sherzod Hidoyatov. “Odamlar pulni o‘zlari bilmaydigan quruvchiga emas, balki bankka olib boradi. Bank bu pulni ishonchli developerga jo‘natadi”, — deb tushuntirdi u.