“Kengashlardan o‘zlariga berilgan vakolatlardan haqiqatan foydalanishini iltimos qilamiz” — bosh vazir o‘rinbosari
O‘zbekistonda “juda kam” kengashlar ayrim soliqlar bo‘yicha oshiruvchi va pasaytiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llash vakolatlaridan amalda foydalanmoqda, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov. U kengashlarni Toshkentdan ko‘rsatma kutmasdan, faol bo‘lishga chaqirdi.