O‘zbekistonda geologiyani rivojlantirish va yangi konlarni o‘zlashtirish bo‘yicha dastur ishlab chiqiladi
Prezident mutasaddilarga xorijiy kompaniyalar va ekspertlarni jalb etgan holda geologiyani rivojlantirish va yangi konlarni o‘zlashtirish bo‘yicha 2025-yil uchun dastur ishlab chiqishni topshirdi. “O‘zbekneftgaz” transformatsiyani davom ettirib, tannarxni kamaytirish va kredit reytingini yaxshilash ustida ishlaydi.