O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonlari yakuniy bosqichga o‘tmoqda — prezident
Prezident O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha “yakuniy bosqich”ga o‘tayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, JST qoidalariga zid bo‘lgan imtiyozlar bekor qilinayotganiga qaramay, davlat tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi va adolatli raqobat muhitida ishlash uchun barcha sharoitlarni yaratadi.