AQShda Senat hukumat ishini moliyalashtirishni ma’qulladi
AQSh Kongressi Senati hukumat ishini moliyalashtirishni uzaytiruvchi qonun loyihasini so‘nggi daqiqalarda yoqlab ovoz berdi, bu orqali hukumat idoralari ishi to‘xtatib qo‘yilishining oldi olindi. Loyiha Oq uyga yuborilgan, u yerda prezident Jo Bayden hujjatni imzolashi kerak.