Yangi maktab va bog‘chalar, pedagoglarga ustama, malaka sinovlarini raqamlashtirish. 2025-yilda boshlang‘ich ta’lim sohasida nimalar o‘zgaradi?
Prezidentga maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirish rejalari olib kirildi. 2025-yilda 100 dan ortiq maktab qurish, malaka toifasi berishda yangi tizimga o‘tish, harbiy vatanparvarlik darsliklarini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Davlat rahbari ta’lim sifatini, ayniqsa, chekka tumanlarda yaxshilashni buyurdi.