Yopiqlik va mavhumlik. Farg‘onadagi portlash haqida hech kim gapirishni xohlamagan reportaj
17-dekabrda Farg‘onadagi AYQShda portlash bo‘ldi. Hodisa oqibatida rasman 4 kishi vafot etgan. “Gazeta.uz” muxbirlari 20-dekabr kuni Farg‘onada bo‘lib qaytdi, ammo safar qariyb besamar o‘tdi: hodisa haqida deyarli hech kim gapirishni istamadi, gapirganlar esa keyinroq intervyusi chiqarilmasligini so‘radi.