“Bir kunlik firmalar” va narx manipulyatsiyasiga qarshi kurash: soliq organlari 2025-yilda qay tarzda 20 trln so‘m undirmoqchi?
Soxta tadbirkorlik, narx manipulyatsiyasi va soliqdan qochish sxemalari ustidan nazoratni kuchaytirish orqali besh yil ichida yashirin iqtisodiyotni ikki barobar qisqartirmoqchimiz, dedi Soliq qo‘mitasi vakili. Unga ko‘ra, ushbu choralar 2025-yilda davlat budjetiga 20 trln so‘m jalb etish imkonini beradi.