“Dorisiz jannatlarga ketgan bolalar”. “Dok-1 Maks” ishi qurbonlari xotirasiga bag‘ishlanadi
“Dok-1 Maks” ishi — O‘zbekistonni larzaga solgan hodisa. Uning asoratlari dori-darmon, tibbiyot, huquq-taribot kabi sohalar uchun ham og‘ir sinov bo‘ldi. Fojiaga ikki yil to‘lishi munosabati bilan “Gazeta.uz” shu dorilar sabab vafot etgan 68 bolaning so‘nggi kunlarini yodga oladi — ular unutilmasligi kerak.