Yangi Toshkentda vazirliklar ishlashi uchun yengil konstruksiyali vaqtinchalik binolar qurilmoqda
Shavkat Mirziyoyev shanba kuni Yangi Toshkent qurilishining birinchi bosqichi bilan tanishdi. U 27 ming tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekilgan ko‘chatxonani ko‘zdan kechirdi. Davlat rahbari vazirliklar vaqtinchalik ishlashi uchun mo‘ljallangan yengil konstruksiyali binolar bilan ham tanishdi.