Shavkat Mirziyoyev Koreyada samolyot qulagani munosabati bilan ta’ziya bildirdi
Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaning Muan shahrida 181 kishini olib ketayotgan samolyot qulagani munosabati bilan ta’ziya maktubi yo‘lladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 151 kishi halok bo‘ldi, ikki kishi qutqarib qolindi.