Prezident davlat sirlari to‘g‘risidagi yangi qonunni imzoladi. Asosiy ma’lumotlar
Prezident 1993-yildagi eski qonun o‘rnini bosuvchi “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Hujjat bilan davlat sirlarining alohida toifalari, ularni himoya qilish sohasidagi organlarning vakolatlari, maxfiylik darajasi va ma’lumotlarni maxfiylashtirish muddati belgilandi.