JST talablariga javob berish maqsadida eksportchilar xarajatlarini kompensatsiyalash to‘xtatilmoqda
O‘zbekistonda eksportchilarning transport xarajatlarini davlat budjetidan subsidiyalash amaliyoti bekor qilinmoqda. Ushbu chora JST talablariga javob berish uchun qabul qilindi. Bu maqsadlar uchun 2024-yilda 133,8 mlrd so‘m, 2023-yilda 509,9 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgandi.