Buxoro neftni qayta ishlash zavodining barcha neft mahsulotlari birja orqali “erkin raqobat muhitida” sotiladi
1-yanvardan Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqariladigan barcha turdagi neft mahsulotlari, jumladan, benzin faqat birjada “erkin raqobat muhitida” sotiladi, deya ma’lum qildi “O‘zbekneftgaz”. Kompaniyaning ta’kidlashicha, aholini benzin bilan ta’minlash masalasi davlat nazoratiga olingan.