Davlat budjeti bu yil ham aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi — prezident
Prezident 2025-yil uchun davlat budjeti ijrosini ta’minlashga doir yig‘ilish o‘tkazdi. Mahalliy budjetlar daromadini va mustaqilligini oshirish, xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganligini saqlab qolish rejalashtirilmoqda. Davlat budjeti bu yil ham aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi, dedi Mirziyoyev.