Facebook va Instagram faktchekerlardan voz kechmoqda. Sukerberg qilmoqchi bo‘lgan asosiy o‘zgarishlar
Meta faktchekerlardan voz kechadi, “senzura miqdorini keskin kamaytiradi”, Facebook, Instagram va Threads kabi platformalarida ko‘proq siyosiy kontentni tavsiya qiladi, deya ma’lum qildi Mark Sukerberg. Ayrim tanqidchilar hamda OAV bu o‘zgarishlarni “shunchaki Trampga xushomad va ortga qadam” deb baholamoqda.