Yangi o‘quv yilidan Al Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
2025/2026 o‘quv yilidan Al Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Maktab bitiruvchilariga shahodatnoma va xorijiy oliygohlarga kirish imkonini beruvchi xalqaro ta’lim dasturi diplomi beriladi. Qolaversa, ularning xorijda o‘qishi uchun kvotalar ajratiladi.