Toshkentning 5 ta tumanida 22-may kuni issiq suv o‘chishi mumkin
22-may kuni Toshkentning Yunusobod, Olmazor, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod va Shayxontohur tumanlarining bir qancha hududlarida soat 18:00 gacha issiq suv ta’minotida uzilishlar kuzatilishi mumkin. Bunga IM-1 va IM-4 qozonxonalarida gaz ta’minoti to‘liq yoki qisman to‘xtatilishi sabab bo‘ladi.