Moskvada O‘zbekiston bosh vaziri sobiq muovini qisqa muddat hibs qilindi
![Moskvada O‘zbekiston bosh vaziri sobiq muovini qisqa muddat hibs qilindi](http://gdb.rferl.org/6B89F860-19D9-4EFF-9A50-1EB8E6E7D368_w800_h450.jpg)
Moskvada O‘zbekiston huquq-tartibot organlari talabi bilan O‘zbekiston bosh vaziri sobiq o‘rinbosari Valeriy Atayev hibs etildi. Davlat mablag‘ini katta miqdorda talon-taroj qilishda gumon qilinib, Toshkent tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan Valeriy Atayev Rossiya fuqarosi bo‘lgani sababli birozdan keyin qo‘yib yuborildi.