Prezident davlat xizmatini isloh qilishga doir yangi farmonni imzoladi. Asosiy ma’lumotlar
Prezident davlat xizmatiga zamonaviy standartlarni joriy etish va ishni “natija sari” yo‘naltirishga qaratilgan farmonni imzoladi. Yangi davlat xizmatchilari bilan mehnat shartnomasi bir yil muddatga tuziladi. Ayollarning davlat xizmatiga bo‘lgan qiziqishi va ishonchini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.