Mahkumlarga masofali video uchrashuvdan foydalanish huquqi beriladi
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganlarga ularning ixtiyoriga ko‘ra masofali video uchrashuvlar yoki telefon orqali so‘zlashuvlar huquqi beriladi. Ular mahkumning o‘z shaxsiy mablag‘lari hisobidan to‘lanadi va 15 daqiqa davom etadi. So‘zlashuvlar miqdori muassasaning tartib turiga qarab belgilanadi.