Bektemir-Chorvoq trassasining 6 ta qismida yuqori tezlik 80 km/soatgacha tushiriladi
Toshkent viloyatida D012 Bektemir-Chirchiq-G‘azalkent-Chorbog‘ qo‘rg‘oni yo‘lining 6 ta aholi yashash joyidan tashqari qismida tezlik 80 km/soatgacha tushiriladi. Ushbu hududda belgilangan tezlikka rioya etilmasligi sabab bir yilda 63 ta YTH sodir bo‘lib, 15 kishi halok bo‘lgan.