“Davlat manfaatlari do‘stlikdan ustun”. Japarov Tashiyevni nega ishdan olganini tushuntirdi
Sadir Japarov MXDQ rahbari Qamchibek Tashiyevni ishdan bo‘shatish qarorini jamiyatdagi bo‘linishning oldini olish istagi bilan izohladi. Unga ko‘ra, nizo parlamentda chiqqan: u yerda deputatlarni taraflarga ajratish, “general” bilan qo‘rqitish, keyin esa muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish uchun imzo to‘plash boshlangan.