NASA asteroid orbitasini o‘zgartirishga oid sayyoraviy himoya tajribasida qatnashgan ikki o‘zbek olimini mukofotladi
NASA birinchi marta asteroid orbitasini maqsadli ravishda o‘zgartirishga qaratilgan sayyoraviy himoya tajribasi — DART missiyasida qatnashgan Astronomiya institutining ikki olimini mukofotladi. Ular Didymos asteroidining yo‘ldoshi Dimorphos’ga kinetik zarba berish jarayoni kuzatuv ishchi guruhida ishtirok etgan.