Misrning EgyptAir shirkati uchog‘ini garovga olgan shaxs qo‘lga olindi
Misrning EgyptAir shirkati uchog‘ini garovga olgan shaxs qo‘lga olindi. 29 mart kuni ertalab bortida 81 yo‘lovchi bilan Iskandariya shahri aeroportidan Qohiraga parvoz qilayotgan uchoqni noma’lum shaxs garovga olib, Qibrisning Larnaki aeroportiga qo‘ndirgan edi. Garovga olingan uchoq bortidan aksar yo‘lovchilar qutqarilgan. Uchoqda qolgan 3 nafar yo‘lovchi va 4 nafar ekipaj a’zosini qutqarish va garovga olgan shaxsni qo‘lga olish payti hech kimga ziyon yetmagan.