Tojikiston shimolidagi qamoqxonadan qochgan mahkum otib tashlandi
Tojikiston shimolidagi rasmiylarning aytishicha, Xo‘jand shahridagi qamoqxonadan qochishga muvaffaq bo‘lgan mahkum 19 iyunda Xo‘jand shahri yaqinidagi Yova qishlog‘i yaqinida otib tashlangan. 28 yashar Ramzulloxon Dodoxonov jumadan shanbaga o‘tar kechasi ikki sherigi bilan qamoqxona nozirini pichoqlab, qamoqxonadan qochgan edi.