Sirdaryolik 23 yashar oshiq yigit Volgogradda o‘z joniga qasd qildi
Rossiyaning Volgograd viloyatida O‘zbekistondagi sevgilisidan ayrilgan sirdaryolik oshiq yigit o‘z joniga qasd qildi. Mahalliy tergovchilar 23 yoshida hayotdan ko‘z yumgan yigitning yaqinlarini qidirmoqda. Ozodlik marhumning shaxsini aniqladi.