Istanbuldagi terror hujumida O‘zbekistonlik Samat Muhiddinov o‘ldi va 4 o‘zbek yarador bo‘ldi
Istanbuldagi Otaturk xalqaro aeroportida 28 iyun kechqurun amalga oshirilgan portlashlar qurbonlari orasida o‘zbekistonliklar ham borligini Turkiya Adliya vazirligi mulozimi Ozodlik bilan suhbatda tasdiqladi. Bir-biridan mustaqil manbalarga ko‘ra¸ portlash oqibatida o‘lganlar orasida uch nafar o‘zbek yigiti bo‘lgan.