Yerevanda politsiya binosini egallab olgan qurolli guruh taslim bo‘ldi
![Yerevanda politsiya binosini egallab olgan qurolli guruh taslim bo‘ldi](http://gdb.rferl.org/2147B4FE-7571-43D5-BB24-608B66085E1A_w800_h450.png)
Armaniston hukumatiga qarshi ikki hafta mobaynida qurolli qarshilik ko‘rsatgan “Sasna tsrer” guruhi 31 iyul kuni politsiyaga taslim bo‘ldi. Ozodlik radiosi arman xizmatining xabar berishicha, guruhning 20 a’zosi hibsga olingan.