Toshkent ko‘chalaridagi kuzatuv kameralaridan dastlabki jarima qog‘ozi keldi
Toshkent shahri ko‘chalarida yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari buzilishini qayd qiluvchi foto va videokameralar shu oy oxiridan ishga tushiriladi. Toshkent shahri Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mulozimi Ozodlik bilan suhbatda hozir kuzatuv kameralari so‘nggi sinovdan o‘tkazilayotgani va sinov jarayonida kompyuter tizimi ayrim haydovchilarga tezlik yoki boshqa qoidabuzarlik uchun jarima pattalarini jo‘natgan bo‘lishi va bunday pattalar yuridik kuchga egaligini aytdi.