Prezident tanbehi ortidan o‘zbek militsiyasi to‘g‘risida qonun tayyorlandi
O‘zbekistondagi nashrlar 5 avgust kuni Oliy Majlis Senati Kengashi ichki ishlar organlari to‘g‘risidagi qonunni ko‘rib chiqishga qaror qilganini xabar qildi. 24-25 avgust kunlari bo‘ladigan yig‘ilishda qonun loyihasi muhokamaga qo‘yiladi. O‘tgan yili prezident Karimov ilk bor militsiya to‘g‘risida qonun yo‘qligini tan olgan, Senatga chora ko‘rishni topshirgan edi.