GM mijozlari “yemagan somsaga” pul to‘lashga majbur bo‘lmoqda
“GM Uzbekistan”ning dilerlik markazlari mashina sotib olish uchun shartnoma imzolagan xaridorlarga belgilangan muddatda na mashina berayapti, na to‘langan pulni qaytarayapti. Avtomobil narxining 85 foizini olti oy oldin to‘lab qo‘ygan xaridorlar mashinalarni olish uchun yana oylab kutishga majbur bo‘lmoqda.