Rio 2016: O‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatov finalga chiqdi
Braziliyaning Rid de-Janeyro shahrida o‘tayotgan Yozgi Olimpiada o‘yinlarida 51 kg vazndagi o‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatov amerikalik raqibi Niko Ernandesni yengib finalga chiqdi. Dzyudo musoboqalarida esa 100 kg vazndagi o‘zbekistonlik 35 yoshli Abdulla Tangriev bronza medali uchun jangda braziliyalik Rafael Silvaga yengildi.