Huquq faollari Jasliq lagerida A’zam Farmonov bilan uchrashdi
Shu yilning 19-20 avgust kunlari O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Vasila Inoyatova hamda jurnalist Abdurahmon Tashanov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi JIEBB tizimidagi 64/71-sonli (Jasliq posyolkasi) muassasada 10 yildan beri qolayotgan huquq faollaridan biri A’zam Farmonov bilan uchrashdi. A’zam Farmonovning huquqbonlarga aytishicha, hozir uning sog‘lig‘i yaxshi, qamoqxona ma’muriyati va xodimlar tomonidan ruhiy va jismoniy qiynoqlarga solinmayapti.