Shoshilinch xabar: G‘allaorol nasos stantsiyasida 10 kishi dimiqib o‘ldi
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida 10 kishi gazdan dimiqib o‘ldi va yana uch kishi Jizzax shahri shifoxonasi jonlantirish bo‘limiga olib ketildi. Guvohlarga ko‘ra, hodisa 20 avgust kuni ertalab G‘allaorol tumani Kanalizatsiya Nasos Stansiyasi hududida yuz bergan.