Mustaqillikka bayroq ilayotgan ishchilarni tok urib o‘ldirdi
Mustaqillik bayrami arafasida Toshbuloq shaharchasini bezatishga safarbar etilgan Namangan tumani obodonlashtirish bo‘limining ikki nafar ishchisi elektr toki urishi oqibatida halok bo‘ldi. Yana bir ishchi og‘ir jarohat bilan kasalxonaga yotqizildi. Voeqa guvohlarining aytishicha, ishchilar ko‘targan narvon yuqori kuchlanishdagi elektr simiga tegib ketgan va ularni tok urgan. O‘zbekistonda korxona va tashkilotlar ishchilarining texnika xavfsizligiga rioya qilmasligi oqibatida falokatlar tez-tez sodir bo‘lib turadi.