Putinga shikoyat qilmoqchi bo‘lgan traktorchilar OMON tomonidan to‘xtatildi
Moskvaga, prezident Putinga mintaqada avj olgan poraxo‘rlik va reyder-talonchilik ustidan arz qilgani jo‘nagan Kuban traktorchilari politsiya tomonidan to‘xtatildi. Fermerlar politsiya va OMON qo‘shinlari tomonidan Rostov-Don ostonasida qurshab olindi va bir necha o‘n kishini avtozaklarga tiqib, olib ketildi.