Karimov nazaridan qolgan haykaltarosh Mirziyoev e’tiboriga tushdi
Mustaqil O‘zbekiston timsoliga aylangan uchta katta monument muallifi, 71 yashar haykaltarosh Ilxom Jabborov yana san’atga qaytdi. Besh yil oldin moliyaviy tekshiruvlardan bezor bo‘lib san’atni tark qilib tog‘larda asalarichilik qilib yurgan haykaltarosh shu kunlarda davlat buyurtmasi asosida Navoiy monumentini yaratish ustida ish boshlagan.