O‘zbekistonda ayrim banklar Western Union pul o‘tkazish tizimini yopib qo‘ydi
29 noyabrdan boshlab O‘zbekistondagi ayrim tijorat banklari Western Union pul o‘tkazish tizimini yopib qo‘ydi. Ayrim banklar xodimlari ushbu pul o‘tkazish tizimi kelgusi yil boshidan qayta ish boshlashini bildirdi. Ayni paytda, poytaxt Toshkentda xorijliklar uchun pul almashtirish punktlari ochilmoqda.