“MXX bilan ko‘p yillik hamkorligimga nuqta qo‘yaman!”
10 yildan buyon Kanadada yashayotgan o‘zbek jurnalisti Ismat Xushevning sarlavhaga chiqarganimiz bayonoti OzodNazarning bugungi sonida yangradi. Nima uchun Islom Karimov 25 yil davomida hech kimni fuqarolikka qabul qilmadi? Nima uchun Karimov hokimiyatdan chetlatgan, ishdan haydagan mulozimlarni Mirziyoev yana ishga qo‘yayapti? Shu va boshqa masalalar ustida bo‘ldi bugungi suhbat.