Gaz so‘rab ko‘cha to‘sganlarga militsiya Mirziyoevga rahmatnoma yozdirmoqda
Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanidagi Toshkent-Termiz avtomagistralini 24 noyabr kuni gaz va elektr yo‘qligiga norozilik sifatida to‘sgan ayollar shu kunlarda militsiyaga chaqirilib tushuntirish xati yozdirilmoqda.Jizzax viloyat prokuraturasidagi Ozodlik manbasining aytishicha¸ 24 noyabr kuni piketga chiqqan ayollar bilan tushuntirish ishlari o‘kazilib ulardan piket tashabbuschilariga qarshi ko‘rsatma olinmoqda.