O‘zbekiston pasportini olganlar ro‘yxatida kapitan Jalilova yo‘q
Pasportning qadrini pasporti yo‘qlardan so‘rang. Masalan, Samarqand shahar ichki ishlar boshqarmasi Tergov bo‘limida katta tergovchi bo‘lib ishlagan militsiya kapitani Xurshida Jalilovadan so‘rashingiz mumkin. O‘zbekiston vatandoshligidan 5 yil muqaddam mahrum qilingan, hatto “fuqaroligi yo‘q shaxs” maqomini ham ololmayotgan oliy ma’lumotli yurist ayol bilan Ozodlik joriy yil avgustida suhbatlashgan edi.