O‘zbekistonning 3 hududida dollarga savdo qilishga ruxsat berilishi kutilmoqda
Erkin iqtisodiy zonalarda chet el valyutasida hisob-kitob va to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat beriladi, shuningdek, bu zonalar ishtirokchisi bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar-rezidentlar ham o‘z tovarlari va xizmatlarini EIZ ishtirokchilariga chet el valyutasiga sotish huquqini oladi. Bu me’yor Vazirlar Mahkamasining YeI zonalarda maxsus valyuta rejimining amal qilish tartibiga oid nizomni tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror loyihasida nazarda tutilgan.