O‘quvchilar prezident qabulxonasi ta’limdagi poraxo‘rlikni to‘xtatishiga ishonmayapti
Shavkat Mirziyoev muvaqqat prezidentlikka kelishidan so‘ng qizg‘in ishga tushirilgan virtual qabulxonaga¸ rasmiy statistikaga ko‘ra¸ 29 dekabrga qadar 323 118 o‘zbekistonlik murojaat qilgan. Bu shikoyatlardan 256 mingga yaqini ko‘rib chiqilgani¸ ularning ko‘piga darhol yechim topilganiga oid rasmiy hisobotlarga qaramay¸ Ozodlikka bog‘langan ayrim o‘zbeklar korrupsiya bilan bog‘liq jiddiy murojaatlarning javobsiz qolayotgani¸ yoxud bunday shikoyat egalariga bosimlar bo‘layotgani bois¸ odamlarning aynan poraxo‘rlik muammosi bo‘yicha murojaat qilishdan cho‘chib qolganini aytmoqda.