Rossiyada korrupsiyaga qarshi mitinglarda hibsga olishlar boshlandi
Rossiyada siyosatchi Aleksey Navalniy tarafdorlari aksilkorrupsiya namoyishiga chiqdi. Politsiya namoyish ishtirokchilarini ushlashni boshladi. Vladivostok markazida muholifatning ruxsat berilmagan mitingida ishtirok etgan 11 kishi ushlandi. Politsiyaning maxsus bo‘linmasi (OMON) xodimlari va namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi.