YuNISEF kaltaklab o‘ldirilgan o‘quvchi Jasur ishi bo‘yicha bayonot tarqatdi
Toshkentda Tibbiyot kollejida kaltaklab o‘ldirilgan Jasurbek Ibrohimov ishi yuzasidan YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bayonot tarqatdi. Vakolatxona o‘quvchilar orasida zo‘ravonlik ortayotganidan xavotir bildirdi va muammoni hal qilishda O‘zbekiston hukumatiga yordamini taklif qildi.