Andijonda o‘qituvchi va shifokorlar majburan yaganaga chiqarilmoqda
Xalqaro tashkilotlarning majburiy mehnatga qarshi kurashish haqidagi tinimsiz chaqiriqlariga qaramay, O‘zbekistonda bu yil ham byudjet tashkilotlari xodimlari g‘o‘za chopig‘iga jalb qilinmoqda. O‘zbekistonning aksar viloyatlarida davlat idora va tashkilotlarning ishchi-xizmatchilari g‘o‘za chopig‘i va yaganasiga safarbar etildi.