Toshkentda tazyiqqa uchragan “O‘zbek Pikassosi” Moskvada ko‘rgazma ochdi (VIDEO)
Moskvadagi Kinochilar uyida o‘zbek rassomi Hikmat G‘ulomovning shahsiy ko‘rgazmasi ochildi. 1990 yildan beri Rossiyada istiqomat qilaëtgan rassom Sovet O‘zbekistoni mulozimlari tarafidan "dushman" deya tamg‘alananib. Rassomlar uyushmasidan haydalgan edi. Mulozimlar uning ispan rassomi Pikassoga ergashib chizgan rasmlarini "tinch sovet turmushiga qarshi tahdid" deb baholashgan edi.O‘z vaqtida Urganch galereyasida Bosh muhofiz bo‘lgan Ozodlik muxbiri Shuhrat Bobojon Hikmat G‘ulomov bilan bog‘liq esdaliklarini baham ko‘rdi.